- Published on
Swift dasturlash tilini onlayn tarzda bepul oβrganing.
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
Kanalga xush kelibsiz, mening ismim Nik. Bu "Swiftful Thinking" kanali bo'lib, biz bu yerda Swift va Swift UI ga oid barcha narsalarni o'rganamiz. Ushbu pleylist "Swift Basics" (Swift asoslari) deb ataladi va u hech qachon kod yozmagan yoki avval Swift kodini yozmagan har qanday inson uchun ayni muddaodir. Biz iloji boricha eng oddiy narsalardan boshlaymiz. Men bu yerda tomosha qilayotgan ayrim odamlar hech qachon kod yozmagan deb faraz qilaman va biz hech narsani bilmaslikdan hamma narsani bilish darajasiga qarab boramiz.
Kanalda yangi bo'lganlar yoki meni tanimaydiganlar uchun yana bir bor takrorlayman, ismim Nik va men mustaqil o'rgangan dasturchiman. Kod yozishni 100% onlayn tarzda o'rganganman.
"Kodlashni o'rganayotgan vaqtimda, bu juda qiyin deb o'ylardim. O'rganib bo'lganimdan keyin esa, kod yozishni o'rganish aslida kerak bo'lganidan ko'ra qiyinroq tuyulganini angladim. Shuning uchun ham men "Swiftful Thinking"ni o'ziga xos yo'l xaritasi (blueprint) sifatida boshladim. Agar men o'zimga kod yozishni yana qaytadan o'rgatganimda, hech narsani bilmaslikdan hamma narsani bilishgacha bo'lgan eng tezkor yo'l qanday bo'lar edi deb o'yladim."
Mening kanalimdagi har bir video, shu jumladan bu video ham bitta kursning bir qismidir va barcha kurslar bosqichma-bosqich o'rganish (Progressive learning) uchun maxsus yaratilgan. Bu shuni anglatadiki, bir videoda nimadir o'rganamiz, keyingi videoda esa o'rganganlarimizni olib, yana yangi narsa o'rganamiz. Bu jarayonni pleylistning oxiriga yetgunimizcha davom ettiramiz.
Har bir pleylist ketma-ketlikda tomosha qilish uchun mo'ljallangan. Buni amalga oshirish orqali, pleylist oxirida siz biz o'rgangan barcha narsalar bo'yicha mutaxassisga aylanasiz. Bu pleylist ham bundan mustasno emas. Biz juda oddiy narsalardan boshlaymiz va keyin uni qadamma-qadam oldinga suramiz.
Ushbu pleylist oxirida siz Swift dasturlash tilida qanday kod yozishni bilib olasiz. Kod yozishni o'rganish qiyin, lekin u bunchalik qiyin bo'lishi shart emas va mening maqsadim sizga bu borada yordam berishdir.
Agar tayyor bo'lsangiz, men sizni ushbu sayohatga olib chiqishdan juda xursandman. Yana bir marta, ismim Nik, bu "Swiftful Thinking" kanali va keyingi videoda ko'rishguncha!