- Published on
Swiftda Basic Input va Output
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
Swiftda ekranga ma'lumot chiqarish uchun print() funksiyasidan foydalanamiz. Masalan,
Bu yerda print() funksiyasi qo'shtirnoq ichidagi matnni ekranga chiqaradi.
print() funksiyasining sintaksisi
print() funksiyasining asl sintaksisi 3 ta parametr qabul qiladi:
print(items: separator: terminator:)
Bu yerda:
- items β ekranga chiqariladigan qiymatlar
- separator (ixtiyoriy) β bir nechta item orasiga qo'yiladigan belgi
- terminator (ixtiyoriy) β chiqariladigan satr oxiriga qo'shiladigan belgi (
\n,\t, va hokazo)
Agar separator va terminator yozilmasa, ularning standart qiymatlari qo'llanadi: separator uchun bitta bo'sh joy (
" "), terminator uchun esa yangi satr ("\n").
Yuqoridagi misolda terminator ishlatilmagan, shuning uchun har bir satr alohida qatorda chiqadi.
Bu yerda birinchi print() oxiriga bo'sh joy qo'shilgani uchun natija bitta qatorda chiqadi.
separator argumenti itemlar orasiga . qo'shib beradi.
Printda Variables va Literals
print() yordamida o'zgaruvchilarni ham ekranga chiqarish mumkin.
Print Concatenated Strings
Ikki yoki undan ortiq satrlarni birlashtirib chop qilish:
Bu yerda + operatori satrlarni birlashtirmoqda.
Print Variables and Strings Together (String Interpolation)
Satr ichida o'zgaruvchidan foydalanish uchun \() ishlatiladi.
year o'zgaruvchisi satrga qo'shib yuborildi.
Basic Input
Swift Playground ichida to'g'ridan-to'g'ri input olishning imkoni yo'q. Buning uchun Xcode'da Command Line Tool yaratish kerak.
Input olish uchun readLine() funksiyasidan foydalanamiz.
print("Enter your favorite programming language:")
let name = readLine()
print("Your favorite programming language is \(name!).")
readLine()foydalanuvchi kiritgan qiymatni qaytaradi.
readLine()oddiy String emas, balki optional String qaytaradi. Shuning uchunname!bilan uni majburan ochmoqdamiz.
Bu dastur faqat Xcode'da Command Line Tool yaratib ishlatilganda ishlaydi.
π Masalalarni qanday yechish kerak?
β Namuna: 1-masala yechimi
Masala: 'Salom, Dunyo!' matnini qaytaring.
Bosqichma-bosqich yechim:
1-qadam: Masalani tushunish
Bizdan "Salom, Dunyo!" matnini qaytarish so'ralyapti. Bu print() funksiyasining ishlashiga o'xshash - faqat ekranga chiqarish o'rniga return qilamiz.
2-qadam: Starter kodni ko'rish
func solve() -> String {
// print() o'rniga return ishlating
return ""
}
3-qadam: Yechimni yozish
print("Salom, Dunyo!") o'rniga return "Salom, Dunyo!" yozamiz:
Natija: Salom, Dunyo! β
Izoh:
print()β ekranga chiqaradireturnβ funksiyadan qiymat qaytaradi- Ikkalasi ham matn bilan ishlaydi
Xulosa
print()β ekranga ma'lumot chiqaradiseparatorβ itemlar orasiga belgi qo'shaditerminatorβ satr oxiriga belgi qo'shadi\()β string interpolatsiyasireadLine()β foydalanuvchidan input oladi (Command Line Tool'da)
Keyingi mavzuda Expressions, Statements va Code Blocks ni o'rganamiz.