Published on

Swiftda Arrays

Authors

Array — bir xil turdagi ma’lumotlar to‘plamidir. Masalan,

Agar 5 nafar talabaning yoshini yozib borish kerak bo‘lsa, 5 ta alohida o‘zgaruvchi yaratish o‘rniga bitta array yaratishimiz mumkin.

array

Array yaratish

Quyidagi misolda massiv yaratishni ko‘ramiz:

// integer turidagi array
var numbers : [Int] = [2, 4, 6, 8]

print("Array: \(numbers)")

Natija:

Array: [2, 4, 6, 8]

Bu yerda numbers nomli array yaratdik. [Int] — array faqat integer qiymatlar saqlashini bildiradi.

Swift — type inference tilidir, ya’ni arraydagi qiymatlarga qarab turini o‘zi aniqlay oladi. Shu sababli quyidagicha yozish ham mumkin:

var numbers = [2, 4, 6, 8]
print("Array: \(numbers)")   // [2, 4, 6, 8]

Bo‘sh array yaratish

Swiftda bo‘sh array ham yaratish mumkin:

var value = [Int]()
print(value)

Natija:

[]

Bu yerda value — bo‘sh array. Bo‘sh array yaratishda turini ko‘rsatish majburiy.

Swiftda arraylar Int, String va boshqa barcha turlarda yaratish mumkin.

Array elementlariga murojaat qilish

Har bir massiv elementi indeksi bilan bog‘langan bo‘ladi (0, 1, 2, ...).

var languages = ["Swift", "Java", "C++"]

print(languages[0])   // Swift
print(languages[2])   // C++
array Indeks 0 dan boshlanishini unutmang.

Arrayga element qo‘shish

Swift arraylarga element qo‘shish uchun bir nechta metodlarni taqdim etadi.

1. append() metodi

var numbers = [21, 34, 54, 12]

print("Before Append: \(numbers)")

numbers.append(32)

print("After Append: \(numbers)")

Natija:

Before Append: [21, 34, 54, 12]
After Append: [21, 34, 54, 12, 32]

append(contentsOf:) yordamida bir massiv elementlarini boshqasiga qo‘shish:

var primeNumbers = [2, 3, 5]
var evenNumbers = [4, 6, 8]

primeNumbers.append(contentsOf: evenNumbers)

print(primeNumbers)

Natija:

[2, 3, 5, 4, 6, 8]

2. insert() metodi

Belgilangan indeksga element qo‘shadi:

var numbers = [21, 34, 54, 12]

numbers.insert(32, at: 1)

print(numbers)

Natija:

[21, 32, 34, 54, 12]

Array elementlarini o‘zgartirish

Indeks orqali qiymatni o‘zgartiramiz:

var dailyActivities = ["Eat", "Repeat"]

dailyActivities[1] = "Sleep"

print(dailyActivities)

Natija:

["Eat", "Sleep"]

Arraydan element o‘chirish

remove(at:) — indeks bo‘yicha elementni o‘chiradi.

var languages = ["Swift","Java","Python"]

let removedValue = languages.remove(at: 1)

print(languages)
print(removedValue)

Natija:

["Swift", "Python"]
Java

Arraydagi boshqa metodlar:

  • removeFirst() — birinchi elementni o‘chiradi
  • removeLast() — oxirgi elementni o‘chiradi
  • removeAll() — barcha elementlarni o‘chiradi

Arrayning foydali metodlari

Oddiy ko‘rinishda:

  • sort() — elementlarni tartiblaydi
  • shuffle() — elementlar tartibini aralashtiradi
  • forEach() — har bir element uchun funksiya chaqiradi
  • contains() — element mavjudligini tekshiradi
  • swapAt() — ikki element joyini almashtiradi
  • reverse() — elementlar tartibini teskari qiladi

Array bo‘ylab aylanish

let fruits = ["Apple", "Peach", "Mango"]

for fruit in fruits {
  print(fruit)
}

Natija:

Apple
Peach
Mango

Array elementlari sonini aniqlash

let evenNumbers = [2,4,6,8]

print(evenNumbers.count)

Natija:

4

Array bo‘sh yoki bo'sh emasligini tekshirish

let numbers = [21, 33, 59, 17]

print(numbers.isEmpty)

let evenNumbers = [Int]()

print(evenNumbers.isEmpty)

Natija:

false
true

Aralash turdagi elementlarga ega array

var address: [Any] = ["Scranton", 570]

print(address)

Natija:

["Scranton", 570]

Bu yerda [Any] — massivda istalgan turdagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkinligini bildiradi.