- Published on
Skrinshotlar, tavsiflar va kalit so'zlar
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
App Store sahifasi — ilovangizning birinchi taassurot qoldiruvchi joyi. Yaxshi screenshot va aniq tavsif yuklab olish qarorini belgilaydi.
Screenshot sozlamalari
Swift•
// Screenshot o'lchamlari (piksel):
// iPhone 6.9" (Pro Max) — 1320 x 2868 ← MAJBURIY
// iPhone 6.5" (Plus) — 1242 x 2688 (ixtiyoriy, 6.9 ishlatiladi)
// iPhone 5.5" — 1242 x 2208 (eski qurilmalar)
// iPad Pro 13" — 2064 x 2752 (iPad qo'llab-quvvatlasa)
// Xcode da screenshot olish:
// Simulator → yoqilgan holda
// File → Take Screenshot (Cmd+S)
// yoki xcrun simctl io booted screenshot screen.png
// Screenshot soni: kamida 1, ko'pi bilan 10
// App Preview (video): 15-30 soniya, .mov format
Media Manager — screenshotlarni yuklash

Screenshot strategiyasi:
- 1-screenshot — ilovaning asosiy xususiyati, eng muhim
- 2-5 — boshqa muhim funksiyalar ketma-ket
- Matn qo'shing — qisqa sarlavha bilan xususiyatni tushuntiring
- Qurilma frame — qurilma ramkasini ko'rsatish yoki yo'q — ikkalasi ham ishlaydi
Tavsif yozish qoidalari
Description (4000 ta belgi):
─────────────────────────────
BIRINCHI 3 QATOR — ENG MUHIM
"Ko'proq ko'rish" bosilmasdan ko'rinadi.
Ilovaning asosiy foydasini bir gapda aytib bering.
Asosiy xususiyatlar:
• Birinchi xususiyat — eng muhimi
• Ikkinchi xususiyat
• Uchinchi xususiyat
Texnik tafsilotlar va boshqa ma'lumotlar
oxirgi qismlarga joylashtiring.
─────────────────────────────
Promotional Text (170 ta belgi) — ko'rib chiqishsiz yangilanadi
Subtitle (30 ta belgi) — kalit so'z uchun muhim
Kalit so'zlar strategiyasi
Keywords (100 ta belgi, vergul bilan):
todo,task,reminder,productivity,planner,organizer,schedule
Qoidalar:
• Verguldan keyin bo'sh joy yo'q (joy belgi hisoblanadi)
• Ilova nomidagi so'zlarni takrorlamang
• Raqobatchilar nomini ishlatmang
• Brendlarni ishlatmang
• Kamdan-kam ishlatiladigan so'zlar — past raqobat
Tezkor ma'lumotnoma
| Maydon | Belgi | Qachon o'zgaradi |
|---|---|---|
| Name | 30 | Ko'rib chiqish bilan |
| Subtitle | 30 | Ko'rib chiqish bilan |
| Keywords | 100 | Ko'rib chiqish bilan |
| Promotional Text | 170 | Darhol (ko'rib chiqishsiz) |
| Description | 4000 | Ko'rib chiqish bilan |
🎯 Topshiriq: App Store sahifasi
Ilovangiz uchun: 3 ta marketingli screenshot yarating (Canva yoki Figma bilan). 30 ta belgidan oshmaydigan subtitle yozing — kalit so'zlarni joylashtiring. Description birinchi 3 qatorini ilovaning asosiy foydasini aniq ifodalagan holda yozing. Keywords maydoniga 100 ta belgiga to'g'ri keladigan kalit so'zlar kiriting.