- Published on
TestFlight — haqiqiy foydalanuvchilar bilan beta testing
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
App Store ga yuborishdan oldin haqiqiy foydalanuvchilar bilan sinovdan o'tkazing. TestFlight — Apple ning rasmiy beta platforomasi. 10,000 gacha tashqi testchi va 100 ta ichki testchi bepul.
Xcode dan archive yaratish
Swift•
// 1-qadam: Destination ni "Any iOS Device (arm64)" ga o'rnating
// Simulyatorda emas, haqiqiy qurilma uchun build qilish kerak
// 2-qadam: Versiya va build raqamini tekshiring
// Info.plist yoki Project Settings → General:
// Version: 1.0.0 (foydalanuvchi ko'radigan versiya)
// Build: 1 (App Store Connect da ko'rinadigan build raqami)
// Har yangi yuklashda Build raqami ortishi kerak
// 3-qadam: Product → Archive
// Xcode .xcarchive fayl yaratadi va Organizer ni ochadi
// 4-qadam: Organizer → Distribute App
// "App Store Connect" ni tanlang → "Upload" → davom eting
// Xcode sertifikat va profil bilan avtomatik imzolaydi
Xcode Organizer — arxivlar tarixi

Organizer da ko'rinadi:
- Barcha archive tarixi — sana va versiya bilan
- Distribute App — App Store Connect ga yuklash
- Validate App — yuklamay oldin xatolarni tekshirish
- Export — .ipa fayl sifatida saqlash
App Store Connect da TestFlight sozlash
1. appstoreconnect.apple.com → ilovangiz
2. TestFlight tab → iOS Builds
3. Yangi build ko'rinishi uchun bir necha daqiqa kuting
4. Build yonida "Manage" → Test Information to'ldiring
5. Internal Testing → guruh yarating → build qo'shing
6. External Testing uchun: Beta App Review → Testers guruh → build
Testchilarni taklif qilish
// Internal testchilar (100 gacha):
// App Store Connect → Users and Access → Tester sifatida qo'shing
// Ular TestFlight ilovasida avtomatik ko'radi
// External testchilar (10,000 gacha):
// TestFlight → External Groups → + → email orqali taklif
// Yoki Public Link yarating — istalgan kishi o'rnatishi mumkin
// Apple Beta App Review talab qilinadi (1-2 kun)
🎯 Topshiriq: birinchi archive
Ilovangizda "Scheme" ni "Release" ga o'rnating. Product → Archive. Xcode Organizer da "Validate App" bosing — xatolar chiqadimi? Agar Developer hisobi bo'lsa — App Store Connect ga yuklang. Bitta real qurilmali do'stingizga TestFlight orqali yuborish imkonini sinab ko'ring.