- Published on
Provisioning profillar va code signing
- Authors
- Name
- ShoxruxC
- @iOSdasturchi
App Store da ilova chiqarishdan oldin bir necha muhim qadam bor. Provisioning profile va kod imzolash β Apple ning ilovangiz haqiqiy developer dan ekanligi va qurilmada xavfsiz ishlashini ta'minlaydigan xavfsizlik tizimi.
Apple Developer Program
Narxi: yiliga $99 (AQSh)
Beradi:
β’ App Store da ilova chiqarish
β’ TestFlight beta tarqatish
β’ 100 ta test qurilmasini ro'yxatdan o'tkazish
β’ Barcha Apple platformalari (iOS, macOS, watchOS, tvOS)
β’ Kengaytirilgan API lar (Push Notifications, HealthKit va boshqalar)
Xcode Signing & Capabilities
Swiftβ’
// Xcode da sozlash tartibi:
// 1. Project Navigator da project ni bosing
// 2. TARGETS da ilovangizni tanlang
// 3. "Signing & Capabilities" tabini oching
// 4. Team β Apple Developer hisobingizni tanlang
// 5. Bundle Identifier β noyob ID kiriting: com.sizning.ilovangiz
// 6. "Automatically manage signing" β belgilang
// Bundle ID qoidalari:
// β’ Teskari domen formati: com.kompaniya.ilovanom
// β’ Faqat harf, raqam, nuqta va tire
// β’ Katta-kichik harflarga sezgir emas
// β’ O'zgartirib bo'lmaydi (App Store da e'lon qilingandan keyin)
Apple Developer portalida

developer.apple.com da nima bor:
- App Store Connect β ilovalarni boshqarish, chiqarish
- Certificates, IDs & Profiles β sertifikat, identifikator va profillar
- Devices β test qurilmalarini ro'yxatdan o'tkazish
Asosiy tushunchalar
| Tushuncha | Ma'nosi |
|---|---|
| Bundle ID | com.sizning.ilovanom β ilova noyob identifikatori |
| Certificate | Siz Apple dan olgan developer imzosi |
| Provisioning Profile | Sertifikat + App ID + qurilmalar ro'yxati |
| App ID | Apple tizimidagi ilova nomi β Bundle ID ga mos |
| Capabilities | Push, iCloud, HealthKit kabi maxsus xizmatlar |
Qo'shimcha imkoniyatlar qo'shish
// Capabilities tabida + Capability tugmasi bosib qo'shing:
// β’ Push Notifications β masofaviy bildirishnomalar
// β’ iCloud β bulutli sinxronizatsiya
// β’ Sign in with Apple β Apple ID bilan kirish
// β’ HealthKit β sog'liq ma'lumotlari
// β’ In-App Purchase β ilovadagi xaridlar
// β’ Background Modes β fon rejimi
// Har bir capability qo'shilganda:
// Xcode entitlements faylini avtomatik yangilaydi
// Provizyon profil qayta yaratiladi
π― Topshiriq: signing sozlash
Xcode da loyihangizni oching β Signing & Capabilities. "Automatically manage signing" belgilangan. Team ni tanlang va Bundle ID ni com.sizning.ismingiz.ilovanom formatida kiriting. Agar Developer hisobi bo'lmasa β bepul personal team bilan ham simulyatorda ishlatish mumkin (App Store ga chiqarish uchun to'lovli kerak).